"Uzbechka” filmining suratga olish ishlari davom etmoqda
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olinayotgan "Uzbechka" filmining tasvirga olish ishlari Belarus davlatining Minsk shahrida davom etmoqda.
«Sinema of Sentral Asia“ kinostudiyasi tomonidan Akbar Bekturdiyev rejissyorligida yaratilayotgan mazkur film o‘zbek snayper qizining Ikkinchi jahon urushida ko‘rsatgan jasorati va boshidan kechirganlari haqida hikoya qiladi.
Postanovkachi operatorlar Husan Alijonov va Maksim Kurovskiy, postanovkachi rassomlar Akmal Saidov, Vitaliy Grigorevich, liboslar bo‘yicha rassom Natalya Odinsova, grim ustasi Alyona Astapich, Galina Ivanova, kaskadyor Roman Korolev, prodyuser Feruza Bekturdiyeva, bosh prodyuser Firdavs Abduxoliqov.
Filmda rollarni Aysanem Yusupova, Feruza Saidova, Yigitali Mamajonov, Oleg Taktarov, Lapanitsin Sergey, Milana Ivanova va boshqalar ijro qilmoqda.
Kinematografiya agentligi Axborot xizmati