Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«UzAuto Motors» ishi bo‘yicha apellyatsiya jarayonlari boshlandi
12:20 / 2020-12-11

19-avgust kuni Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Maxsus komissiyasi «UzAuto Motors» AJ mashina narxlarini asossiz oshirgan, deb topgan edi. «UzAuto Motors» bu qaror ustidan sudga shikoyat qildi va Toshkent shahar ma’muriy sudining 30-oktyabrdagi hal qiluv qaroriga asosan uning da’vosi qanoatlantirildi hamda Maxsus komissiya qarori haqiqiy emas deb topildi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ushbu sud qarori ustidan apellyatsiya instansiyasiga shikoyat qildi va 11-dekabr kunidan ushbu sud jarayonlari boshlandi.

Bugun, 11-dekabr kuni Toshkent shahar ma’muriy ishlar bo‘yicha sudida mazkur ish yuzasidan sud jarayonlari boshlandi.

«UzAuto Motors» AJ va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘rtasida bo‘lgan sud jarayonlari, bahs-munozaralardan xabaringiz bor.

«UzAuto Motors» aksiyadorlik jamiyati qo‘mitaning 2020-yil 19-avgustdagi qarorini bekor qilish yuzasidan sudga murojaat qilgan edi. Toshkent shahar ma’muriy sudining 2020-yil 30-oktyabrdagi hal qiluv qaroriga asosan arizachi «UzAuto Motors» AJning javobgar Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga nisbatan Maxsus komissiyasining 21/31-sonli ish bo‘yicha 2020-yil 19-avgustdagi qarorini haqiqiy emas deb topish haqidagi shikoyat arizasi qanoatlantirilgan hamda Maxsus komissiyasining qarorini haqiqiy emas deb topgandi.

Keyinchalik Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi mazkur qaror ustidan apellyatsiya shikoyati berdi. Qo‘mita birinchi instansiya sudi qaror qabul qilishda barcha dalillarni inobatga olmagan, shu sababli asossiz qaror chiqargan, deb hisoblaydi.

O‘zA muxbirlari bugun boshlangan sud jarayonlarida ishtirok etmoqda va to‘liq yoritib boradi.

[gallery-380]

Materialni videoshaklda tez orada uza.uz saytida ko‘rishingiz mumkin.


Barno MELIQULOVA, Yoqub MELIBOEV,

O‘zA