Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
UzAuto Motors bugun shartnoma tuzishni boshlaydi (+video)
10:43 / 2023-12-22

UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun kontraktatsiya shartnomalarini ochilishini ma’lum qildi.

Bugun soat 12:00 da 2024 yil ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobili uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi. Avtomobil xarid qilish uchun faqat onlayn tarzda rasmiylashtirish mumkin. Aytish kerakki, shu kungacha barcha shartnomalar tuzib kelgan Chevrolet dilerlik markazlari savdo tizimidan o‘chiriladi va avtosalonlarning barchasi yopiq bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz   Chevrolet ommabop avtomobillari uchun shartnoma tuzish faqat UzAutoSavdo ilovasi , shuningdek savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshirishingiz mumkin.  Telegram-bot faqat navbatni kuzatish xizmatini hamda mavjud avtomobillar haqida ma’lumotni taqdim etadi.  

Buning uchun siz One ID tizimida ro‘yxatdan o‘tishingiz, “UzavtoSavdo” mobil ilovasini yuklab olishingiz hamda  savdo.uzavtosanoat.uz saytiga kirishingizning o‘zi kifoya. Shu bilan birga ushbu ilovalarda avtomobil modeli, ranggi va komplektatsiyasi hamda ma’qul kelgan dillerlik markazini tanlab, shartnoma tuzish kerak bo‘ladi xolos.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/3Nj25f6aeKs?si=EKrEdSH5gxUtUGiw" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov,

Anvar Ahmedov.

O‘zA