Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"UzAuto Motors" avtomobillari iste’molchilarga yana 2 oyga kechiktirib yetkaziladi
17:09 / 2021-11-30

"UzAuto Motors" kompaniyasi 2021 yilning noyabr-dekabr oylarida avtomobil yetkazib berilishini kutayotgan xaridorlarga yetkazib berish muddatini yana 2 oyga uzaytirgani haqida ma’lum qildi.

Kompaniya avtomobilni yetkazib berish bo‘yicha ilgari tuzilgan shartnomaning 1.2 bandiga mos ravishda shartnomaga 3.1.1 bandni kiritishga majburligini ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, "UzAuto Motors"ga bog‘liq bo‘lmagan holatlar – yarimo‘tkazgichlardan tayyorlangan butlovchi qismlar yetishmovchiligi hamda global logistika muammolari sababli kompaniya 3.1.1 bandini qo‘llashga hamda 3.1 bandda ko‘rsatilgan avtomobillarning kutilayotgan yetkazib berish muddatini 2 oyga uzaytirishga majbur.

Kompaniya ushbu ekstremal chora iste’molchilar tomonidan to‘g‘ri  qabul qilinishiga umid qilmoqda.    

“Sizni ishontirib aytamizki, uzoq kutilgan avtomobilingizni imkon qadar tezroq olishingiz uchun qo‘limizdan kelgan barcha imkoniyatlarni qilamiz”, – deb xabar bermoqda  kompaniya.

 

O‘zA