French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«UzAuto Motors» apellyatsiya sudida ham g‘alaba qozondi
22:11 / 2020-12-18

Xabaringiz bor, joriy yil 11 dekabr kuni Toshkent shahar ma’muriy sudida apellyatsiya instansiyasida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining apellyatsiya shikoyatiga ko‘ra, «UzAuto Motors» AJ ishi bo‘yicha sud jarayonlari boshlangan edi.

Mazkur sud jarayonlarida arizachi – «UzAuto Motors» aksiyadorlik jamiyatining javobgar – Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga nisbatan qo‘mita maxsus komissiyasining 21/31-sonli ish bo‘yicha 2020 yil 19 avgustdagi qarorini haqiqiy emas deb topish haqidagi ma’muriy ish yuzasidan sudning 2020 yil 30 oktyabrdagi hal qiluv qarori ko‘rib chiqildi.

Birinchi instansiyada sud «UzAuto Motors» AJ shikoyatini qanoatlantirgan hamda Qo‘mita maxsus komissiyasining avtomashinalar narxini tushirish kerakligi haqidagi qarorini haqiqiy emas, deb topgan edi.

Apellyatsiya sudining birinchi kunida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining e’tirozlari tinglangan, iltimosnomalar va qo‘shimcha hujjatlar ham taqdim etilgandi.

Bugun, 18 dekabrda bo‘lib o‘tgan ikkinchi sud majlisida javobgar vakillari tomonidan apellyatsiya shikoyatiga qo‘shimcha taqdim etilib, taraflar o‘rtasida muhokama qilinib, ish yurituviga qabul qilindi.

«UzAuto Motors» aksiyadorlik jamiyati vakillarining javobgar tomonidan keltirilgan apellyatsiya shikoyati yuzasidan e’tirozlari tinglandi.

Apellyatsiya sudlov hay’ati taraflarning tushuntirishlari va prokurorning fikrini eshitib, ishni ko‘rish natijasi bo‘yicha qaror qabul qildi.

Qarorga ko‘ra, birinchi instansiya sudining 2020 yil 30 oktyabrdagi hal qiluv qarori va xususiy ajrimi o‘zgarishsiz, keltirilgan apellyatsiya shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirildi.

Shuningdek, sudlov hay’ati ishni ko‘rishda taraf sifatida «Azimavtomotive» MCHJ va iste’molchilarni uchinchi shaxs sifatida jalb etish to‘g‘risidagi iltimosnomani rad etilganligini e’lon qildi.

Sudning qarori e’lon qilinganidan so‘ng, taraflarga nima sababdan sudlov hay’ati ushbu xulosaga kelganligi va qarorga nisbatan shikoyat berish muddati va tartibi to‘g‘risida tushuntirish berildi.

Quyida mazkur sud jarayoniga oid to‘liq videomaterialni tomosha qilishinggiz mumkin.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/mbApLM40qxU" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

Yoqub MELIBOEV (video), O‘zA