English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Uzagrostar xolding” kompaniyasi tashkil etiladi
09:00 / 2025-02-19

“Uzagrostar xolding” kompaniyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, “Uzagrostar xolding” kompaniyasi mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etiladi.

Tashqi va ichki bozorlarda talab yuqori bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari kesimida bazaviy va qamrab olinadigan tumanlarni belgilash va ushbu hududlardagi mahallalarda mahsulot yetishtirishning ixtisoslashuvini chuqurlashtirish bo‘yicha Xolding kompaniya muassisligida ixtisoslashgan kompaniyalar tashkil etiladi.

Bunda bazaviy tumanlar ixtisoslashgan kompaniyalarning asosiy faoliyati uchun markaz bo‘lib hisoblanadi.

Aholi tomorqalarida va dehqon xo‘jaligi yer maydonlarida mahsulot yetishtirish bo‘yicha ixtisoslashuvni rag‘batlantirish maqsadida quyidagi moliyaviy qo‘llab-quvvatlash instrumentlari joriy etiladi:

— uzum ko‘chatini shpalerga o‘tkazishga har bir shpaler uchun 15 ming so‘mgacha subsidiya beriladi;  

— tomorqadagi bog‘larni yangilash uchun “in-vitro” ko‘chat sotib olish xarajatining 50 foizi qoplab beriladi;

— 2025 yilda meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish va ularning xaridi uchun ajratiladigan imtiyozli kreditlarga 1 trillion so‘m yo‘naltiriladi.

Qarorga ko‘ra, 2025 yil 1 martgacha “Uzex Agro” elektron savdo platformasida aholi tomorqalari va dehqon xo‘jaliklari yer maydonlarida yetishtirilgan mahsulotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashqi bozorlarga sotish imkoniyati yaratiladi.

2025 yilda Asaka, Kitob, Baxmal, Xatirchi va Farg‘ona tumanlarida, 2026 yilda esa qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan yana kamida 5 ta tumanda kichik logistika markazlari, shu jumladan, sig‘imi 100 tonnadan kam bo‘lmagan muzlatkichli sig‘imlar, urug‘lik, ko‘chat, kimyoviy vositalar va mineral o‘g‘itlarni tarqatish markazlari barpo etiladi.

Tomorqa va uzoq muddatli ijaraga berilgan yer maydonlari egalariga onlayn maslahat va ma’lumot olish, moliyaviy xizmatlardan foydalanish hamda mahsulotlarni sotish bo‘yicha yagona xizmat ko‘rsatish va monitoring qilish platformasi ishga tushiriladi.

Platformada dehqonlarga yetishtiradigan mahsulotining 70 foizigacha miqdorda imtiyozli onlayn kredit ajratish tizimi ishga tushiriladi.

O‘zA