Kuni kecha Ozarbayjonning bosh rasmiy axborot agentligi – AzerTAJ saytida O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA) muxbiri Abduaziz Xidirovning “Yangi O‘zbekiston – dunyo hamjamiyatida ochiq va pragmatik tashqi siyosatning muhim tashabbuskori” nomli tahliliy maqola e’lon qilindi.
Ta’kidlash joiz, mamlakatimizda kechayotgan ulkan ijobiy o‘zgarishlar qisman aks ettirilgan ushbu axboriy manbaga bildirilgan xalqaro munosabat o‘ziga xos media-signal sifatida O‘zbekiston bilan bog‘liq ijtimoiy-siyosiy tahlilga nisbatan кuchли ehtiyojdan dalolat. Eng муҳими, bunday talab nafaqat Ozarbayjon, balki butun Janubiy Kavkaz miqyosida namoyon bo‘lishi mavjud qamrovni yanada kengaytiradi.
AzerTAJ e’tiroficha, muallif Toshkent tashqi siyosiy yo‘nalishining uch ustuni – ochiqlik, pragmatizm va ko‘p векторлиликка diqqat qaratib, BMT maxsus rezolyutsiyalari, Samarqandning yirik xalqaro forumlar uchun barqaror maydon sifatidagi o‘rni, transport yo‘laklarini kengaytirish va “yashil” energetikani rivojlantirish loyihalari ilgari surilishi misolida, ayni yondashuvning amaliy natijaларини tahlil qilgan. O‘zbek diplomatiyasini qit’alar va madaniyatlar o‘rtasidagi ishonchli ko‘prik sifatida taqdim etgan.
“Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti, BMT doirasidagi faol tashabbuskorlik, infratuzilma va energetika sohasidagi yirik loyihalar mavzuga qo‘shimcha ijobiy mazmun yuklagan.
Xulosa aniq: tashqi siyosat qiymati natija bilan o‘lchanadi – qaror hayotga ko‘chishi, amaliyot esa o‘zaro manfaatli hamkorlikka xizmat qilishi lozim. Maqola shu mantiqni ishonchli dalillar, aniq misollar va tizimli tahlil orqali ochib bergan.
O‘zA