Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uysiz ayol va 4 nafar farzandi ijtimoiy uyga ko‘chirildi
18:35 / 2024-10-08

Sirdaryo viloyat hokimligi tashabbusi bilan 11 yildan buyon 4 nafar farzandi bilan Yangiyer shahrining Abdurahmon Jomiy mahallasi hududida joylashgan noturar inshootda yashab kelayotgan Jamila Mavlonova shahar hokimligi tasarrufida bo‘lgan xonadonga ko‘chirildi. Unga mazkur xonadon ijtimoiy uy sifatida berildi.

–Turmush o‘rtog‘imning vafotidan so‘ng ijtimoiy og‘ir ahvolga tushib qolgandik,–deydi Jamila Mavlonova. – Gaz yo‘q. Uning ustiga yashash xonadonimiz tomidan yog‘ingarchilik kunlari suv o‘tib ketardi. Pechka yoqqan bilan uy isimasdi. Bolalarim sovqotib chiqardi. Bu yil uch xonali uy berishdi. Xo‘jayinim ham yangi uylar quraman degandi. Nasib qilmagan ekan. Ana shunday kunlarda qo‘ni-qo‘shnilarim xabar olib, yordam berib turdi. Nasib qilsa, hammasini mehmonga chaqirmoqchiman. Yurtboshimizdan minnatdorman.

Fuqaroga Ijtimoiy himoya milliy agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasining Yangiyer shahar bo‘limi tomonidan ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatildi. 3 nafar farzandining maktab formasi uchun "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasidan moddiy yordam ajratilib, bolalarga nafaqa tayinlandi.

Kichik farzandi Yangiyer shahridagi 9-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga imtiyozli ravishda joylashtirilgan bo‘lsa, o‘zi Ijtimoiy xizmatlar milliy agentligi Yangiyer shahar bo‘limiga kichik texnik xodim vazifasiga ishga qabul qilindi.

Davlatimizning insonparvar siyosati tufayli oila a’zolari o‘zini baxtiyor his etyapti.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri