Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uyma-uy yurish ko‘p muammolarni aniqlash imkonini berdi
08:39 / 2022-02-15

Urgut tumani mahallalarida sektorlar mas’ullari, hokim yordamchilari va yoshlar agentligi vakili ishtirokida fuqarolarning muammolarini uyma-uy yurib o‘rganish chog‘ida bir necha bemorlarning davolanishga imkon topa olmayotgani ma’lum bo‘lgan.

Jumladan, Quyi Tegana mahallasida yashovchi o‘smir tomdan yiqilishi oqibatida umurtqa pog‘onasidan jarohat olib, 6 yildan buyon to‘shakka mixlanib qolgan. Hozirda bu yigit Toshkent bolalar pediateriya institutiga muolaja olish uchun yuborilib, may oyida o‘tkaziladigan jarrohlik amaliyotiga tayyorlanmoqda.

O‘rganishlar davomida yana bir necha bemorlarning xuddi shunday davolanishi tashkil etilgan. Shuningdek, hokim ishtirokida uyma-uy o‘tkazilgan o‘rganishlarda o‘ta abgor holatdagi hovlida yashab kelayotgan xonadonlar aniqlangan. Ularga ham yordam ko‘rsatish masalasi hal etilgan.

Achinarlisi, mazkur o‘rganishlargacha yuqoridagi kabi bemorlar, xarob hovlida yashayotganlar haqida na mahalla va na boshqa tashkilot tuman hokimligiga xabar bergan. Mazkur holat tuman hokimi B.Jabborov ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda muhokama etilib, xonadonma-xonadon yurish davomida aniqlanayotgan bu kabi holatlarning har birini nazoratga olish va ehtiyojmand oilalarga zarur yordam ko‘rsatish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi. qattiq tanqid ostiga olingan.

Achinarlisi, hokimlik vakillari xabar topib, uning xonadoniga bormagunicha shuncha yildan buyon na mahalla va na boshqa tashkilot tomonidan hokimlikka bu haqda xabar berilmagan.

G‘.HASANOV, O‘zA