Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uyingizda doim elektr energiyasi bo‘lishini istaysizmi?
11:50 / 2023-04-06

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish energetik va ekologik xavfsizlikni ta’minlash hamda elektr energiyasi ehtiyojlarini qondirishga imkon beradi. Mamlakatimizda bu borada samarali ishlar boshlab yuborilgan.

Xo‘sh, yurtimizda quyosh panellaridan foydalanish qanchalik samara beradi?  

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, buning afzalliklari shundaki, birinchi galda elektr energiyasi xarajatlari tejaladi. Xonadonlarda doimo elektr energiyasi bo‘lishi ta’minlanadi. Ya’ni qo‘shni xonadonlarda chiroq o‘chsa ham sizning uyingiz nurli bo‘lib turaveradi. Yana bir muhim jihati, o‘z ehtiyojingizdan ortgan elektr energiyasini hukumatga sotib, qo‘shimcha daromadga ega bo‘lishingiz mumkin.  

Xalqimizga ana shunday imkoniyatlardan foydalanish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Jumladan, Xalq banki tabiatni asrash va yashil energiya manbalaridan foydalanishni istovchilar uchun "Green"  iste’mol kreditini taklif etmoqda.  

Kredit quyosh panellari, quyosh suv isitgichlari, shamol generatori, biogaz qurilmalari va boshqa muqobil energiya manbalari xaridi uchun 100 million so‘mgacha 5 yil muddatga beriladi.  

O‘zA

Reklama huquqi asosida