English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uyingiz va oilangiz xavfsizligiga bafarq bo‘lmang
17:28 / 2022-05-10

Iste’molchi avvalo o‘zining xavfsizligini ta’minlashi hamda mavjud muammolarning bartaraf etilishida mas’ul hisoblanadi.

Ya’ni har bir fuqaro gaz jihozlarining texnik ko‘rigini tashkil etilishida alohida e’tibor qaratishi shart. Ammo ba’zilar gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan ko‘rsatiladigan bu xizmat turiga qarshilik ko‘rsatmoqda. Natijada esa turli baxtsiz hodisalar yuzaga kelmoqda. 

“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali va hududiy bo‘lim xodimlarining chilangarlari tomonidan o‘tgan oy davomida rejaga muvofiq 43 ming 570 ta gaz jihoziga texnik xizmat ko‘rsatilishi belgilangan edi. Garchand soha xodimlari joylarda bo‘lib, tushuntirish ishlarini olib borayotgan bo‘lsada, fuqarolar tomonidan bu masalaga beparvolik bilan qaralmoqda. 

– Aksariyat iste’molchilar gaz jihozlariga servis xizmatning majburiyligi yoki belgilab qo‘yilgan tarif asosida to‘lovning amalga oshirilishi to‘g‘risida qayta-qayta so‘rashadi, – deydi gaz ta’minoti filiali bo‘lim boshlig‘i Sa’dullo Xalilov. – Ba’zilar esa aksincha, to‘liq ma’lumotga ega bo‘lsada, rad etishadi. 

Bu esa o‘z-o‘zidan noxush vaziyatlarni olib kelishi tabiiy. Viloyat bo‘yicha faoliyat olib borayotgan 150 dan ortiq chilangarning asosiy vazifasi aholining xavfsizligini ta’minlash ekan, har bir iste’molchi ularning mehnat faoliyatiga qarshilik ko‘rsatmasligi kerak. Albatta, belgilangan rejaga muvofiq amaliy ish 95 foizga bajarildi. Ayrim iste’molchilar gaz jihoziga texnik xizmat ko‘rsatilishiga mas’uliyatsizlik bilan yondashmoqda. Ularga tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA