Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uyi borning o‘yi bo‘lmaydi
12:28 / 2024-10-08

Uyi borning o‘yi bo‘lmaydi yoki o‘z uying — o‘lan to‘shaging. O‘zbek xalqi orasida teng tarqalgan ushbu iboralar zamirida katta ma’no mujassam. Boshpanasi, o‘z uyi bo‘lgan insonning g‘am-tashvishi bo‘lmaydi. Har bir oilaning o‘z uy-joyi bo‘lsa, ana shundagina ro‘zg‘orida baraka, topganida unum bo‘ladi.

Bugun mamlakatimizda aholini uy-joy bilan ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilib, aholiga qulay shartlarda ipoteka kreditlari ajratilmoqda, nisbatan arzon uy-joylar barpo etilmoqda. Maqsad har bir oilaning o‘z uyi, yashash manzili bo‘lsin va odamlar farovon hayot kechirsin.  

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fuqarolarni maqbul uy-joy bilan ta’minlashga erishish maqsadida. Gap shundaki, partiyaning yangi Saylovoldi dasturida bu borada bir qator tashabbuslar ilgari surilmoqda.  

Jumladan, partiya “Har bir oila o‘z uyiga ega bo‘lsin” degan shiorni amalga tatbiq etib, kelgusi yillarda qo‘shimcha uy-joy qurilishi sohasiga 15 milliard dollar mablag‘ yo‘naltirish orqali 1 million xonadonli uy-joylar qurilishiga alohida e’tibor qaratishni va’da qilmoqda.  

Shuningdek, partiya qurilish-pudrat tashkilotlari hamda aholiga imtiyozli va uzoq muddatli kreditlar berilishi bo‘yicha tizimli ish olib borish niyatida. Uch va undan ortiq farzandi bor 35 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga uy-joy sotib olish uchun imtiyozli ipoteka kreditlari ajratilishi tarafdori. Yangi uy-joy sotib olgan fuqarolarga qo‘shilgan qiymat solig‘ining yarmi qaytarib beriladigan tizim joriy etish ilgari surilmoqda.  

Ta’kidlash joizki, partiyaning joriy yilgi saylovda ilgari surayotgan ushbu tashabbus va g‘oyalari aholini uy-joy bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan davlat siyosatiga hamohang bo‘lib, fuqarolarga yengillik yaratishga xizmat qiladi. Joylarda tashkil etilayotgan tashviqot tadbirlarida partiyaning bu kabi tashabbuslari keng targ‘ib etilmoqda va saylovchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.  

Muhtarama Komilova,

O‘zA