Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uygacha yetib kelmagan avtomobil va sifatsiz mahsulot: iste’molchi muammosiga yechim qanday?
16:02 / 2022-02-09

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga Qashqadaryo viloyatida yashovchi S.Eshboyevdan murojaat tushgan.

Qayd etilishicha, iste’molchi 2021 yil 16 avgust kuni “Uz AvtoPremium” MCHJga qarashli avtosalondan muddatli to‘lov evaziga "Damas" avtomobilini sotib olish maqsadida shartnoma imzolab, boshlang‘ich to‘lovni amalga oshiradi.

Ammo mashina bir oy muddatda o‘z egasiga yetkazilishi belgilangan bo‘lsada, oradan 5 oy vaqt o‘tsa hamki, mashinadan darak bo‘lmagan. 

Murojaat Federatsiyaning Qarshi shahar jamiyati tomonidan o‘rganilib, avtomobil uchun to‘langan mablag‘ iste’molchiga qaytarilishiga erishildi

Yana bir murojaat Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida yashovchi  J.Tojiboyevdan kelgan. 

Qayd etilishicha, iste’molchi «Akobir Uchqun MCHJ» korxonasiga  tunuka tom qoplamasi mahsulotlarini buyurtma qilgan, hattoki, to‘lovni ham amalga oshirgan. Ammo mahsulot xonadonga yetib kelgach, uning sifatsiz ekani ma’lum bo‘ladi.  

Mazkur murojaat o‘rganilganda haqiqatdan, mahsulot sifatsiz  ekani ma’lum bo‘ldi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha mahsulotning sifatli qismi chegirilishi natijasida iste’molchi to‘lagan mablag‘ iste’molchiga qaytarilgan.

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish

 jamiyatlari federatsiyasi matbuot xizmati