English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
UYEFA Chempionlar ligasining 1/8 finaliga Angliyaning 4 jamoasi yoʻl oldi
09:44 / 2018-12-12

Kecha UYEFA Chempionlar ligasi guruh bosqich soʻnggi turidan oʻrin olgan bir qator uchrashuvlar oʻtkazilib, musobaqaning 1/8 final bosqichida toʻp suradigan 15 jamoa nomi aniqlandi.


Kecha UYEFA Chempionlar ligasi guruh bosqich soʻnggi turidan oʻrin olgan bir qator uchrashuvlar oʻtkazilib, musobaqaning 1/8 final bosqichida toʻp suradigan 15 jamoa nomi aniqlandi.

Eʼtiborlisi, pley-offga chiqqan jamoalarning naqd toʻrttasi – “Liverul”, “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted” va “Tottenxem” kabi Angliya klublaridir.

Shuningdek, ushbu bosqichda Ispaniya (“Atletiko”, “Barselona” va “Real”) va Germaniyadan (“Bavariya”, “Borussiya” va “Shalke”) uchtadan jamoalar ishtirok etadigan boʻldi.

Italiya klublaridan esa bor yoʻgʻi ikkita jamoa – “Roma” va “Yuventus” chorak finalga chiqish uchun kuch sinashadi.

Eslatib oʻtamiz, bugun Chempionlar ligasining guruh bosqichiga yakun yasaladi.