Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uyda qoling, bozor mahallangizga boradi...
10:21 / 2020-04-17

Shu kunlarda aholiga qulaylik yaratish – uzogʻini yaqin, ogʻirini yengil qilish maqsadida mahallalarda koʻchma bozorlar faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda.


Shu kunlarda aholiga qulaylik yaratish – uzogʻini yaqin, ogʻirini yengil qilish maqsadida mahallalarda koʻchma bozorlar faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda. Bu tashabbus poytaxtimizdan qanot yozgan edi. Bugun ham Toshkent mahallalarida koʻchma bozorlar faoliyati tizimli ravishda davom etmoqda.

Yakkasaroy tumani hokimligi maʼlumotlariga koʻra, karantin sharoitida aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz va qulay sharoitda taʼminlash maqsadida barcha mahallalarda shunday bozorlar reja-jadval asosida tashkil etilmoqda.

– Har kuni tumanimiz mahallalarida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, boshqa kundalik ehtiyoj mollari, antiseptik tibbiyot vositalari bilan savdo qiluvchi koʻchma bozorlar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan, – deydi Yakkasaroy tumani hokimligi apparat rahbari Saidanvar Aʼzamxoʻjayev.

– Karantin paytida mahallalarimizda koʻchma bozorlar tashkil etilayotgani yaxshi boʻlyapti, – deydi Abdulla Qahhor mahallasida yashovchi Mirsoat Hoshimjonov. – Uzogʻimizni yaqin qilib, arzon va sifatli mahsulotlar yetkazib berilmoqda.

– Mahallamizga haftasiga 3 kun koʻchma bozor keladi, – deydi 75 yoshli onaxon Najibe Shixbalova. – Bu, ayniqsa, biz kabi keksalar uchun juda qulay boʻldi. Koʻchamizga, uyimiz yoniga kelgan bozorchaga chiqib, oʻzimiz xohlagan mahsulotimizni tanlab, arzon narxda sotib olayapmiz. Bu eʼtibordan juda xursand boʻldik. Bu ezgu ishlar davomli boʻlishini xohlaymiz. Bizdan faqat uyda qolishni va salomatligimizni asrashimizni soʻrashmoqda. Shunga amal qilamiz, albatta.