FOTOREPORTAJ
Davlatimiz rahbarining 2024 yil 29 fevraldagi “Namangan viloyatining Uychi tumanida quvvati 100 MVt (200 MVt soat) bo‘lgan elektr energiyasini saqlash tizimini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Uychi tumanida amaliy ishlar boshlangan.
Energetika vazirligiga quvvati 100 MVt (200 MVt soat) bo‘lgan elektr energiyasini saqlash tizimini qurish investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun “Yangihayot” MFY hududidan 7 gektar yer uchastkasi ajratildi. Ayni damda xitoylik mutaxassislar tomonidan bu yerda bunyodkorlik ishlari jadal olib borilmoqda.
[gallery-26122]
Qurilish ishlarida bevosita mahalliy ishchilar ishtirokini oshirish va ularning bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA