French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uychida Mo‘g‘uliston qo‘ylari boqilmoqda
17:14 / 2026-03-03

Oziq-ovqat xavfsizligi, narx-navo barqarorligini ta’minlash, go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan talabni qondirishda chorvachilikni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Namangan viloyatining Uychi tumanida ham ayni dolzarb masalaga alohida e’tibor berilmoqda. Davlatimiz rahbarining xorij safarlarida erishgan kelishuvlari natijasida Axsi mahallasida faoliyat ko‘rsatayotgan “Yuksalish chorva fayz” naslchilik fermer xo‘jaligiga Mo‘g‘ulistondan keltirilgan “Bayat” zotli 700dan ziyod naslli qo‘ylar o‘zimizda ko‘paytirilmoqda. Klaster tashkil etilib, yil oxirlarida aholiga naslli qo‘ylarni yetkazib berish ko‘zlangan.  

“Vodiy kumush parranda” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 3,7 gektar yer maydonida 1 million bosh tovuq boqishga mo‘ljallangan zamonaviy parrandachilik fermasi barpo etish loyihasi amalga oshirilmoqda.  

Oqtosh  mahallasida yashovchi Odiljon Jo‘rayev xususiy chorvachilik xo‘jaligida 50 bosh zotdor qoramol parvarish qilmoqda. Bu kabi yangi loyihalar deyarli har bir mahallada bor.  

Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov boshchiligidagi ishchi guruhning chorvachilik va parrandachilik loyihalari bilan tanishuvi chog‘ida zotli naslli qo‘ylarni ko‘paytirish, parrandachilikni rivojlantirish aholi bandligini ta’minlash asnosida kundalik turmush yeguligi bo‘lgan go‘shtga bo‘lgan ehtiyojni qondirishda hissasi katta ekanligi ta’kidlandi.

Shu bilan bir qatorda, tumanda ichki yo‘llar chetidagi zovurlarda o‘rdakchilikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA