Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uychida mikro GES qurilishi loyihasi amalga oshiriladi
09:06 / 2025-11-24

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov Uychi tumanida umumiy quvvati 2 mVT bo‘lgan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi mikro GES qurilishi loyihasi bilan tanishdi. 

Loyihaning umumiy qiymati 5,0 mln. dollar bo‘lib, xitoylik tadbirkorlar bilan hamkorlikdagi  «Zenith hydro electrics» MCHJ tomonidan hayotga tatbiq etiladi. 

2025-2026 yillar davomida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan mazkur loyiha to‘liq ishga tushsa, hududda elektr ta’minoti uzluksizligiga munosib hissa qo‘shadi. Eng asosiysi, 15 ta doimiy ishchi o‘rni yaratiladi.

[gallery-26395]

Viloyat rahbari xorijiy investor vakillari bilan suhbatlashib, muammolarini o‘rgandi. Ularni hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA