Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uychida chorvachilik rivojlanmoqda
14:47 / 2022-02-15

Namangan viloyati Uychi tumanida chorvachilikni yangi bosqichda rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda.

 Tumandagi chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari bu borada qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

– Xo‘jaligimizga 2007 yilda asos solganmiz, -  deydi  Uychi tumanidagi “G‘ayrat chorva fayz” fermer xo‘jaligi rahbari Daminjon Qodirov. – 2019 yilda Avstriyadan 20 bosh semental zotli qoramollarini sotib olganmiz. O‘tgan davr mobaynida mahalliy sharoitga moslashgan qoramollardan uch marta nasl oldik. Hozirda ular soni to‘rt barobar ko‘payib, 85 taga yetdi.

Xo‘jalikda hozirda 109 bosh naslli qoramol parvarishlanmoqda. 2021 yilda 49 bosh sigirdan 173 tonna  sut olindi. 100 bosh sigir 93 ta naslli buzoq berdi.

[gallery-5768]

Joriy yilda xo‘jalikka Avstriyadan yana 32 bosh naslli mol keltirilishi rejalashtirilgan. 

Ayni paytda xo‘jalikda 11 kishi doimiy ish bilan band.

Hotam MAMADALIEV, O‘zA