Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uychida 40 gektar maydondagi g‘allazor yomg‘irli sug‘orish usulida sug‘orilmoqda
16:20 / 2025-02-25

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati Uychi tumanida joriy yilda 6 ming 385 gektar maydonda g‘alla parvarishlanmoqda.  

Tumanning 1-sektor hududidagi “Rovot fayz baraka” fermer xo‘jaligida g‘allani sug‘orishda ilg‘or texnologiya – barabanli sprinkler apparati qo‘llanilmoqda. Ya’ni, 40 gektar maydondagi g‘allazor yomg‘irli sug‘orish usulida sug‘orilmoqda.  

– Biz an’anaviy, egatlab sug‘orishdan voz kechdik, - deydi fermer xo‘jaligi rahbari Shokirjon Shodmonov. – Internet orqali qiziqib, barabanli sprinkler apparatini olib keldim. Afzallik tomoni, ishchi kuchi, suv, texnika tejaladi. Ushbu moslama 450 metr uzunlikda bo‘lib, 50 metr radiusda oz miqdordagi suv bilan katta miqdordagi g‘alla maydonni sug‘orish imkoniga ega.

 [gallery-21929]

Xo‘jalikda bahorgi yumushlar davom etmoqda. Dala qirg‘oqlariga o‘tqazilgan daraxtlarning ostki qismi oqlandi. Ichki ariq-zovurlar tozalanib, betonlashtirilmoqda.  

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA