Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uychi tumanida bir martalik tibbiyot xalatlari eksport qilinmoqda
14:20 / 2020-12-30

Keyingi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani, ishbilarmonlar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani tufayli iqtisodiyot rivojlanib, ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda.

Ayniqsa, koronavirus pandemiyasi sharoitida iqtisodiyot tarmoqlari, xususan, tadbirkorlik sub’ektlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash, faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan korxonalar faoliyatini to‘liq tiklashga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida Namangan viloyatining Uychi tumanida joriy yilning o‘tgan davrida sanoat mahsulotlari, xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish rejalari ortig‘i bilan bajarildi.

Quvonarlisi shundaki, tumanda tashqi savdo aloqada yangi bozorga chiqish sari dadil qadam qo‘yishga erishildi. Uychidagi “Vodiy ipak gilami” qo‘shma korxonasi Turkiya davlati bilan hamkorlikda ipak gilamlari to‘qish, tikuvchilik sexi faoliyati yo‘lga qo‘yilgandi. Tikuvchilik sexida dastlab tibbiy niqoblar tayyorlandi. Endilikda bir martalik tibbiyot xalatlari ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yildi.  

Korxonada ishlab  chiqarilayotgan mahsulotlarga tuman hokimligining investitsiya va tashqi savdo bo‘limi hamkorligida hamda O‘zbekiston Respublikasining Quvayt davlatidagi Favqulodda va muxtor elchisi Bahromjon A’loyev boshchiligida Quvaytning “Fursan Alkhaleej Internatinal” kompaniyasi o‘rtasida shu yilning noyabr oyida 1 million dollar miqdoridagi eksport shartnomasi imzolangan edi. Kelishuvga asosan korxona tomonidan hozirgi kunga qadar boshlang‘ich 50 ming dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirildi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA