Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uy uchun to‘langan 70 million 800 ming so‘m pul iste’molchiga qaytarildi
18:39 / 2020-11-25

Zarafshon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro Gulnora Baltabayeva “Hakimzoda” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga to‘lagan 70 million 800 ming so‘m miqdordagi mablag‘ni qaytarib olishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.

Murojaatda fuqaro “Hakimzoda” MCHJ bilan 2019 yil 6 avgust kuni 177-sonli shartnoma orqali bir xonali 45,48 kv.m uyni 125 million so‘mga 2021 yilning 21 avgust kuniga qadar to‘lab berish va ushbu muddatda uy fuqaroga to‘liq topshirilishi haqida kelishganligi, ammo uyning hajmi shartnomada ko‘rsatilgan hajmdan kamligi bayon qilgan.

Murojaat jamiyat mas’ul xodimlari tomonidan joyida borib o‘rganib chiqildi. Haqiqatdan ham o‘rganishlar jarayonida murojaatda keltirilgan faktlar o‘z isbotini topdi va MCHJ tomonidan fuqaro G.Boltabayevaning bir yil davomida to‘lagan mablag‘i shaxsiy kartasiga to‘liq o‘tkazib berildi.

Shuningdek, jamiyatning “Ishonch telefoni”ga Zarafshon shahar 11-kichik tuman, 43-uy, 40-xonadonda yashovchi fuqaro Nargiza Yuldosheva tomonidan og‘zaki murojaat kelib tushdi. Fuqaro murojaatida “Bahor” savdo kompleksida joylashgan “Brend” erkaklar do‘konidan 580 ming so‘mlik xaridni amalga oshirganligi va bu mablag‘ iste’molchining plastik kartasidan ikki marotaba urib olinganligini ma’lum qilgan.

O‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, haqiqatdan ham do‘kon sotuvchisi xaridordan ikki barobar haq olgan. Natijada sotuvchi tomonidan ushlab qolingan ortiqcha 580 ming so‘m miqdordagi mablag‘ fuqaroga naqd pul shaklida qaytarib berildi.

Abduvali BO‘RIEV, O‘zA