Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uy sharoitida katta daromad olayotganlar
12:49 / 2026-02-12

Istagan tog‘ni teshar, degan gap bor. Farg‘onaliklar tadbirkorlikda hatto uy sharoitida ham katta-katta daromad olmoqdalar.

Masalan, Quvasoy shahridagi Bog‘bon mahallasida yashovchi Ro‘ziboy Mamajonov intensiv usulda qulupnay yetishtirmoqda.

Mirishkor tomorqachi asosiy ishidan bo‘sh vaqtida 10 yildirki, 5 turdagi serhosil qulupnay navlarini parvarish qilib keladi. U faqat o‘zini o‘ylamadi. Mahalladagi 10 nafarga yaqin xotin-qizlar va yoshlarni ham uy sharoitida qulupnay yetishtirishga o‘rgatdi.

Tadbirkor tomorqachi yillik sof daromadim 500 million so‘mni tashkil etmoqda, deydi.

Farg‘ona shahri “Beshbola” mahallasida yashovchi tadbirkor Abdullojon Xolmatov esa xonadon sharoitida qo‘ziqorin yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan.

– Mahsulotim nafaqat mahalliy bozorlarga, balki Afg‘oniston, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlatlaridagi xaridorlarga ham yetib boryapti, – dedi u.

Aslida bu tadbirkorlarni “qalovini topib qorni ham yog‘dirgan”lar, deyish mumkin.

Muhammadjon Obidov, O‘zA