Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uy sharoitida davolanayotgan bemorlarga bepul dori-darmonlar yetkazib berilmoqda
15:50 / 2020-08-07

Tuman mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi hamda tibbiyot birlashmasi xodimlari bilan birgalikda uy sharoitida davolanayotgan 44 nafar bemorlarga bepul dori-darmon vositalari tarqatildi.


Buxoro viloyati Romitan tumanida tashkil etilgan “Call-center” markaziga tuman aholisi tomonidan qilingan murojaatlar asosida koronavirus infeksiyasiga chalingan, xozirgi kunda uy sharoitida davolanayotgan bemorlarga bepul dori-darmon yetkazib berish xizmati yoʻlga qoʻyildi.

Tuman mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi hamda tibbiyot birlashmasi xodimlari bilan birgalikda uy sharoitida davolanayotgan 44 nafar bemorlarga bepul dori-darmon vositalari tarqatildi.

Buxoro tumanida ham infeksiya tarqalishini oldini olish, infeksiya aniqlangan fuqarolarni statsionar davolashga ixtisoslashgan 100 oʻringa ega davolash maskaniga joylashtirish, ularga har tomonlama koʻmak berish kabi koʻplab tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari aholi orasida aniqlangan va kasallik alomatlarisiz kechayotgan yengil shakldagi bemorlar tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlari tavsiyalari asosida, uy sharoitida parvarishlanmoqda. Sanitariya-gigiyena qoidalari hamda shifokorlar nazoratida davolanmoqda.

Kasallik alomatlarisiz kechib, uyda davolanayotgan bemorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tumandagi 4 ta sektorda yashovchi 146 nafar fuqaroga koronavirus infeksiyasiga qarshi dori vositalari tuman hokimligida tuzilgan ishchi guruhi tomonidan bemorlarning xonadonlariga bepul yetkazib berildi.

Uy sharoitida davolanayotgan bemorlarga bepul dori-darmonlarning yetkazib berilishi viloyatning barcha hududlarida amalga oshirilmoqda.