Uy olish uchun 322 nafar mehnat migranti roʻyxatdan oʻtdi
Mamlakatimiz boʻyicha uy olish uchun “labormigration.uz” dasturiy majmuasidan 322 nafar mehnat migranti roʻyxatdan oʻtdi.
Mamlakatimiz boʻyicha uy olish uchun “labormigration.uz” dasturiy majmuasidan 322 nafar mehnat migranti roʻyxatdan oʻtdi.
Prezidentimizning 2019-yil 20-avgustdagi “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila aʼzolarini himoya qilish kafolatlarini yana-da kuchaytirish choralari toʻgʻrisida”gi farmoniga asosan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga 2020-yilda koʻp kvartirali uylardan 3 ming 462 xonadon ajratilishi belgilangan.
Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga koʻp kvartirali uylardan xonadonlar ajratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori koʻra, turar joyga ehtiyojmand mehnat migrantlari uy olish uchun “Labormigration.uz” dasturiy majmuasida roʻyxatdan oʻtmoqda.
“Labormigration.uz” dasturiy majmuasidan roʻyxatdan oʻtgan fuqarolarga Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan tasdiqnoma beriladi. Mehnat migrantlari mazkur tavsiya asosida viloyat, tuman, shahar komissiyalariga ariza topshiradi.
Ajratiladigan xonadonlar hududlar kesimida:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 210 ta
2. Andijon viloyati – 420 ta
3. Buxoro viloyati – 240 ta
4. Jizzax viloyati – 120 ta
5. Qashqadaryo viloyati – 300 ta
6. Navoiy viloyati – 60 ta
7. Namangan viloyati – 300 ta
8. Samarqand viloyati – 450 ta
9. Surxondaryo viloyati – 270 ta
10. Sirdaryo viloyati – 90 ta
11. Toshkent viloyati – 180 ta
12. Fargʻona viloyati – 420 ta
13. Xorazm viloyati – 240 ta
14. Toshkent shahri – 162 ta
Jami: 3462 ta
Joriy yilning 6-aprel holatiga koʻra, “labormigration.uz” dasturiy majmuasida roʻyxatdan oʻtgan fuqarolar hududlar kesimida:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 15 ta
2. Andijon viloyati – 26 ta
3. Buxoro viloyati – 63 ta
4. Jizzax viloyati – 7 ta
5. Qashqadaryo viloyati – 15 ta
6. Navoiy viloyati – 12 ta
7. Namangan viloyati – 4 ta
8. Samarqand viloyati – 15 ta
9. Surxondaryo viloyati – 29 ta
10. Sirdaryo viloyati – 8 ta
11. Toshkent viloyati – 1 ta
12. Fargʻona viloyati – 8 ta
13. Xorazm viloyati – 111 ta
14. Toshkent shahri – 8 ta
Jami: 322
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati