Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uy-mehmonxona sayyohlar ixtiyorida
17:04 / 2025-12-15

Buxoroning tarixiy Eski shaharida sayyohlik salohiyati yil sayin oshayotgani sabab uy-mehmonxona tizimining kengayishi uchun imkoniyat yaratilmoqda.

Shu yo‘nalishdagi samarali tashabbuslardan biri sifatida “Namozgoh” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan uy mehmonxonasini misol keltirish mumkin. Tadbirkor Sodiq G‘aybullayevning tashabbusi bilan mehmonxona faoliyati bosqichma-bosqich kengaytirilib, xizmat ko‘rsatish sifati yaxshilanmoqda. 

O‘tgan yili tadbirkor tijorat bankidan imtiyozli tartibda olgan 500 million so‘m kredit mablag‘i hisobiga undagi shart-sharoit talabga mos ravishda yangilanmoqda. Bugunga kelib 60 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu mehmonxonada barcha qulaylik mavjud. 

– Loyihaning muhim jihatlaridan biri yangi ish o‘rinlari yaratilganidir, – deydi Sodiq G‘aybullayev. – Mehmonxona ishi tufayli 5 nafar fuqaro doimiy ish bilan band.  Ularga to‘rt million so‘mgacha oylik maosh to‘lanadi. Bu esa aholi bandligini oshirishi barobarida mahalla iqtisodiy ahvoliga ham ijobiy ta’sir etmoqda. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.