Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uy-joylarga xizmat ko‘rsatish sifati yaxshilanadi
12:26 / 2021-06-26

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida viloyat uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi hamda ko‘p xonadonli uy joylarni nazorat qilish inspeksiyasi bilan hamkorlikda tadbir tashkil etildi.

Tadbirda ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi viloyat hududiy inspeksiyasi boshlig‘i D.Axmedov, Olmaliq shahar xokimligi kapital qurilish, kommunal, kommunikatsiya xo‘jalik masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi Z. Kenjayev, Olmaliq shaxar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i S.Ne’matxonov ishtirok etib, shirkat raislari bilan suhbatlashdi.

Unda hududda faoliyat yuritayotgan uy-joy mulkdorlar shirkatlari va boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, debitor-kreditor qarzdorlikni qisqartirish, aholi orasida yig‘ilayotgan majburiy badal to‘lovlarini maqsadli ishlatilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, uchrashuvda qizil hududga tushgan, faoliyati qoniqarsiz bo‘lgan ayrim shirkatlarni boshqaruv servis kompaniyalariga biriktirish va noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatkichlar tahlil qilinib, soha yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

bugungi kunda Olmaliq shahar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi tasarrufida ko‘p qavatli uylar 355 tani tashkil etadi. Shundan 180 ta uylar shirkatlar tasarrufida bo‘lib, ularning 175 tasi shu kunga qadar boshqaruv servis kompaniyasiga biriktirib berilgan. bugungi kunda ular tomonidan kommunal sohaning barcha yo‘nalishlari hamda ta’mirlash, obodonlashtirish va shu kabi sohalarda aholiga sifatli xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. Ta’kidlash joizki, ko‘p qavatli uylar joylashgan hududlardagi noqonuniy qurilmalar hudud qiyofasini buzib, unda yashovchi aholi vakillariga bir qator noqulayliklar tug‘diradi. Shu bois, o‘zboshimchalik bilan bunyod etilgan bu kabi noqonuniy qurilmalarni aniqlab, muammoni o‘z vaqtida bartaraf etish muhim sanaladi.

Tadbirda shirkatlar faoliyatini o‘rganish va shahardagi mavjud noqonuniy qurilmalarni bartaraf etilishi yuzasidan kerakli mutaxassislar biriktirilib, hududlarni o‘rganish bo‘yicha ishchi gurux tuzildi. Soha mutaxassislari tomonidan uy-joy shirkatlari rahbarlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.

A. Musayev, O‘zA