Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uy-joy va yerga egalik huquqi qonuniylashtirildi
20:35 / 2025-07-03

Jizzax shahrida Xalq deputatlari viloyat Kengashining bo‘lib o‘tgan navbatdagi sessiyasi qaroriga ko‘ra, vohaning bir qator shahar va tumanlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarning mulk huquqlari qonuniylashtirildi.

Viloyat hududidagi 69 nafar fuqaro o‘zboshimchalik bilan egallab olgan yer uchastkalari va ular ustida qurilgan uy-joylariga nisbatan mulk huquqiga ega bo‘ldi. Jumladan, G‘allaorol tumanida 27, Baxmalda 15, Sharof Rashidov tumanida 9, Zomin tumanida 5, Jizzax shahri, Zarbdor va Arnasoy tumanlarida 3 nafardan, Paxtakorda 2 va Forish tumanida 1 nafar fuqaroning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan uy-joylariga nisbatan mulk huquqlari qonuniylashtirildi. 

Ma’lumot o‘rnida shuni aytish joizki, shu bugungacha Jizzax viloyatining 97 ta mahalla fuqarolar yig‘inida 21 mingdan ortiq ko‘chmas mulk ob’ekti xatlov yo‘li bilan texnik inventarizatsiyadan o‘tkazilib, ularning elektron xaritalari yaratildi.

Shuningdek, 19 mingta ob’ekt “Uzkad” axborot tizimida elektron yig‘ma jild shakllantirish uchun migratsiya qilindi va 17 mingdan ortig‘i faollashtirildi.

Bundan tashqari, 10 ming 673 tadan ortiq ob’ekt haqidagi ma’lumotlar “e'tirof” axborot tizimiga kiritilib, vakolatli tashkilotlar muhokamasiga yuborilgan. Ularning 835 tasi e’londa, 9669 tasi muhokama jarayonida, 240 tasi adliya organlarida, 188 tasi tahrirlashda turibdi hamda 93 tasining to‘lovi kutilmoqda.

A.Qayumov, O‘zA muxbiri