Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uy-joy quruvchi tashkilot qaysi toifadagi reytingga ega bo‘lishi kerak?
16:59 / 2023-02-28

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda qurilish tashkilotlarining elektron reyting ko‘rsatkichlari, uni baholash mezonlariga oid e’tirozlar, fikr-mulohazalar bildirilmoqda.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonovning so‘zlariga ko‘ra, reytingdagi baholash mezonining ba’zi bandlariga muvofiq, qurilish tashkiloti 100 foiz ball to‘plagani bilan, boshqa bandlarga ko‘ra raqiblaridan zaif bo‘lishi mumkin.  

– Aytaylik, qurilish tashkilotining soliq, mehnat, moliya va boshqa bir qator yo‘nalishlarda muammolari bo‘lgani uchun ballari avtomatik tarzda tushib ketadi. Bu Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining birlamchi baholashiga bog‘liq masala emas. Buni qurilish tashkilotining texnik salohiyati bilan qorishtirib yuborish xato bo‘ladi. Ball to‘plash jarayoni bir necha tashkilotlarning talabi bilan bog‘liq. Bu tizimning  qulayliklaridan biri shundaki, odamlar qurilish tashkilotining salohiyatini uning reyting ko‘rsatkichlaridan ham bilib olishi mumkin. bugungi kunda uy-joy qurilishi bozoridagi yirik tashkilotlar «B» toifaga, ya’ni o‘rta va undan yuqori reytingga ega.  

Reyting joriy etilishi natijasida qurilish sohasidagi davlat xaridlari bo‘yicha loyiha va pudrat tashkilotlari o‘zlarining salohiyat ko‘rsatkichlarini asoslovchi hujjatlarni yig‘ishlariga, buning uchun davlat tashkilotlari va idoralariga murojaat qilishlariga chek qo‘yildi.  

Shu o‘rinda savol tug‘iladi: oxirgi yillarda reyting mezonlarida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?  

– Avvalo baholash mezoni 60 tadan 29 taga kamaytirildi, — deydi S.Usmonov. – Deylik, siz avtomobil yo‘llari, ijtimoiy soha ob’ektlari, muhandislik, irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlari sohasida qurilish ishlarini bajarayotgan bo‘lsangiz, faoliyatingiz toifasiga qarab reyting baliga ega bo‘lasiz. Yana bir jihat, har 6 oyda reyting mezonlarini xalqaro, o‘zini oqlagan yo‘nalishlar bo‘yicha takomillashtirib boramiz. Eng asosiysi, «reytingda faqat bitta ishonchli tashkilot mavjud», deyilayotgan munosabatga aytmoqchimizki, qurilish-pudrat tashkilotlari reytingi 2021 yilning yanvar oyidan boshlab ishga tushgan. Reyting ishga tushgan kundan boshlab hozirgi kungacha pudrat tashkilotlari o‘zlarining reyting ko‘rsatgichlariga mos keladigan ob’ektlarni qurib-bitkazib, foydalanishga topshirib kelmoqda.  

Sh.Mamaturopova, O‘zA