Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uy-joy qurmoqchi bo‘lgan tadbirkor chuv tushdi
17:35 / 2022-10-11

Jamiyatda shunday shaxslar borki, ular o‘z manfaati yo‘lida hech narsadan tab tortmay, qonunlarni buzib, o‘z hamyonini to‘ldirish bilan ovora bo‘ladi. Ammo jinoyatga jazo muqarrar. Qonun posbonlari bor ekan, bundaylarning niyatlari amalga oshmaydi.

1 gektardan ortiq yer maydonini ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun, hokimiyatdagi tanishlari orqali qaror chiqartirib berishini va’da qilgan shaxs Buxoro viloyati huquq tartibot organlarining hamkorlikdagi harakatlari natijasida qo‘lga olindi.

Romitan tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro M.M. Buxoro shahar “Jo‘bor” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi tanishini aldab, ishonchiga kiradi. Natijada tanishlari orqali Buxoro shahar Alpomish ko‘chasidagi 1 gektardan ortiq yer maydonini ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun qaror chiqartirib berishni va’da qiladi.

Kelishuvga ko‘ra, undan 40 ming AQSH dollari olib, ushbu pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuboradi. Endi esa na yerdan na pullardan darak bor.

Mazkur holat yuzasidan O‘z.R.JKning 168-m. 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA