Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Andijonda
15:07 / 2022-03-13

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Sherzod Hidoyatov Andijon viloyatining tuman va shaharlarida bo‘lib, tizimda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Dastlab vazir Baliqchi tumanidagi Mallachek va Yangi hayot mahallalarida “Taraqqiyot” NNT tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyiha doirasidagi qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi. 

Aholi vakillari bilan suhbatda bo‘lib, olib borilayotgan ishlar yuzasidan ularning fikr-mulohazalarini eshitdi. Mutasaddi va mutaxassislarga belgilangan ishlarni o‘z muddatida va sifatli yakunlash bo‘yicha tavsiya va topshiriqlar berildi.  

Umuman, mazkur loyiha amalga oshirilishi bilan tumanning Mallachek va Yangi hayot mahallalarida istiqomat qiluvchi 6 ming nafarga yaqin aholi ilk bor ichimlik suvi bilan taminlanadi. 

Shundan so‘ng Sherzod Hidoyatov Asaka tumanida tashkil etilgan "Kommunal Servis Asaka" boshqaruv tashkiloti faoliyati bilan tanishdi. 

Mazkur boshqaruv tashkiloti Asaka tumanidagi Qadriyat, Amir Temur mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi 72 ta ko‘p qavatli uyga xizmat ko‘rsatadi. Boshqaruv tashkiloti faoliyatini boshlaganiga ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa-da, sohaga zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or ish uslublarini joriy etgan holda hududdagi 6 ming 700 nafarga yaqin aholiga sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda. 

Vazir tumandagi aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifati hamda ko‘p qavatli uylarda amalga oshirilgan ishlarga, ayniqsa, Amir Temur mahallasidagi 4 ta uyga yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortilib, 3 ta uyning yerto‘la qismidagi ichimlik va oqova suv tarmoqlari yangilanganligiga ijobiy baho berdi. 

Keyingi yillarda boshqaruv servis kompaniyalariga berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlardan unumli foydalanish, kommunal xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish muhimligini ta’kidladi.

Vazir Andijon shahridagi Yoyilma hamda Sog‘lom avlod mahallalaridagi ko‘p kvartirali uy-joylarga xizmat ko‘rsatayotgan «Shinam mahalla» boshqaruv kompaniyasi faoliyati misolida mahallani obodonlashtirish, kommunal xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, yangi loyihalar bilan tanishdi. 

Endilikda ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi ana shunday boshqaruv kompaniyalarini tuzish mazkur yo‘nalishdagi muammolarni bartaraf etish, aholi turmush farovonligini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishini alohida qayd etdi. 

[gallery-6126]

F.Ubaydullayev, Z.Umrzoqov (surat), O‘zA