Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uy-joy daxlsizligi: huquqlar kafolati (+video)
17:13 / 2025-11-28

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi respublikada yashovchi barcha xalqlarning demokratik huquqiy davlatni qurishdek ezgu niyatidan va ozodlikka erishish yo‘lidagi orzu-armonidan yaralgan hujjatdir.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi o‘z xalqining milliy manfaatlaridan va taraqqiyot sari intilishlaridan kelib chiqib, jahon mamlakatlari konstitutsiyaviy tajribalariga va avvalambor xalqimizning ko‘p yillik davlatchiligi rivoji tarixiga, o‘tmishiga tayangan holda ishlab chiqilgan.

Shuningdek, Asosiy Qonunning har bir moddasi inson uchun, uning moddiy va ma’naviy talab va ehtiyojlarini, manfaatlarini qondirish uchun xalqimizning ravnaqi uchun xizmat qiladi. Fuqarolarning Konstitutsiyada va qonunchilikda belgilangan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va shaxsiy huquqlari jahondagi rivojlangan davlatlar va umume’tirof etilgan xalqaro hujjatlar talablariga monand ravishda kafolatlangan.

Bugungi lavhamizda Toshkent Davlat yuridik universiteti fuqarolik kafedrasi professori, yuridik fanlari doktori Qambariddin Mehmonov so‘nggi vaqtlarda uy-joy mulki bo‘yicha kelib chiqayotgan nizolarda ikkitomonlama shartnomalarning qonuniy belgilangan javobgarliklari haqida batafsil ma’lumot berib o‘tadi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/3VqOEkielRQ" title="Uy-joy daxlsizligi: huquqlar kafolati" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (video), O‘zA