Uy hayvonlarida uglevodlarning papaverin ta’siri fonida IN VIVO so‘rilishi va uning ekskretsiyasi
Denis ADAMCHUK Katta ilmiy xodim Nyu York universiteti Nyu York, Amerika Baxodir NIYAZMETOV O‘qituvchi O‘zbekiston milliy universiteti Toshkent, O‘zbekiston
Annotatsiya
Papaverinni 0,5 ml eritma holida mushuk va itlarga yuborish glyukoza absorbsiyasining sezilarli pasayishiga olib keldi va bu samara ingibitor miqdori 1,5 ml gacha oshirilganda yanada sezilarli bo‘ldi, biroq dozaning 3 ml ga yetkazilishi samara bermadi. Qo‘shimcha izlanishlardan keyin papaverin qonda shakar miqdorini nazorat qilish va/yoki vaznni kamaytirish uchun ichaklarda shakarni so‘rilishini oldini olish maqsadlarida farmatsevtik preparatlar ro‘yxatiga kiritilishi mumkin.
Tayanch so‘zlar: papaverin, glyukoza absorbsiyasi, in vivo, qandli diabet, insulin.