Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uy bekaligidan tadbirkorlikkacha...
12:48 / 2025-12-20

FOTOREPORTAJ

Xotin-qizlarning jamiyatda o‘z o‘rni, o‘z so‘ziga ega bo‘lishi, teng huquqlilik tamoyillariga mos tarzda barcha sohalarda ularning ishtirokini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan sa’y-harakatlar natijasida bugun faol, tashabbuskor ayollarimiz mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. 

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida istiqomat qiluvchi Go‘zal Ergasheva ham ana shunday kuch-g‘ayratini yurt rivoji uchun baxshida etayotgan faol xotin-qizlardan biri. U tashkil qilgan “GUZAL EDUCATION” o‘quv markazida bugungi kunda ming nafardan ortiq o‘g‘il-qiz turli fanlar bo‘yicha qo‘shimcha dars mashg‘ulotlarida qatnashib, bilimini mustahkamlamoqda. 

[gallery-26829]

– Faoliyatimni turmushga chiqib, oilali bo‘lgach maktabga qatnashni imkoni bo‘lmay qolgan vaqtdan boshlaganman, - deydi tadbirkor Go‘zal Ergasheva. – O‘sha vaqti mahalladagi to‘rt-besh nafar o‘g‘il-qizga uyda qo‘shimcha dars o‘ta boshlaganman. Sekin-asta darslarimda qatnashish istagini bildirgan yoshlar ko‘paya boshladi. Shu zaylda dastlab shogirdlarim bilan repetitorlik qildim. 2019 yilda “UNIVERSAL EDUCATION” o‘quv markazi filialida ish yuritdim. 2020 yilda “GUZAL EDUCATION” o‘quv markazini tashkil qilib, mustaqil tadbirkorlik faoliyatimni boshladim. 2023 yilda o‘zimizning yangi binomizga ega bo‘ldik. Bugungi kunda 26 nafar xodimimiz bor. Shulardan 22 nafari malakali o‘qituvchi va assistent o‘qituvchilardan iborat. Tadbirkorlik shunday faoliyat ekanki, talabga qarab ish ko‘lami kengayib boraverarkan. Ayni paytda faoliyatimizni kengaytirish borasidagi loyihalar bilan ishlayapmiz. Kelgusida umumiy qiymati 5 milliard so‘mlik xususiy maktab, o‘quv markaz va IT maktab qurishni mo‘ljallayapmiz. 

Markaz o‘quvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlariga e’tibor qaratadagin bo‘lsak, 2023/2024-o‘quv yilida markazda jami 800 nafar o‘quvchi tahsil olgan. Shundan 250 ta abituriyentlar bo‘lib, ulardan 224 nafari talaba bo‘lgan. Bu ko‘rsatkich jami abituriyentlarning 90 foizini tashkil qilgan. 

Joriy yilda markazda jami 1000 dan ziyod o‘quvchi tahsil olmoqda. Shundan 500 nafarga yaqin abituriyent natijani 100 foizga chiqarishni maqsad qilgan. Go‘zal Ergasheva 2025 yil Samarqand viloyatida o‘tkazilgan “Yil ayoli” ko‘rik tanlovida ishtirok etib, “Yilning eng ilg‘or tadbirkor ayoli” nominatsiyasi g‘olib deb topildi.

Alisher ISROILOV(surat),O‘zA