Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“UWED MUN” – 20 yillik an’ana: Yoshlar ovozi orqali global muammolarni tahlil qilish
16:40 / 2025-12-12

Bugun Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) Birlashgan Millatlar Tashkiloti modeli – “UWED MUN”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

“Muloqotdan amaliyotga: bo‘linish davrida yoshlar ovozi orqali global boshqaruvni qayta talqin qilish” mavzusidagi bu yilgi konferensiya klubning 20 yilligi va BMTning 80 yilligiga bag‘ishlandi.

Diyorimizdagi 10 dan ortiq OTM va maktab-litseylardan 350 nafar delegat ishtirok etgan marosimni Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev kirish so‘zi bilan ochib, yoshlarning xalqaro diplomatiyadagi faol ishtiroki va global muammolarni hal qilishdagi hissasi xususida gapirdi.

[gallery-26698]

Tadbirda Koreya Respublikasi elchisi Von Do Yon, UNICEF vakili Regina Maria Sastillo hamda Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari Toivo Klaar so‘zga chiqib, yoshlarning iqlim o‘zgarishi, inson huquqlari va barqaror rivojlanish yo‘lidagi roli haqida fikr bildirdi.

Yig‘inning badiiy qismida talabalar tomonidan tashkil etilgan san’at ko‘rgazmasi va milliy raqslar ijrolari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Qayd etish joizki, “UWED MUN” konferensiyasi 2005 yildan beri o‘tkazib kelinadi va bu loyiha yoshlarni global jarayonlarda faol ishtirok etishga hamda kreativ fikrlashga chorlab kelmoqda.

Musulmon Ziyo, O‘ktam Hayitov (surat), O‘zA