Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uvaysiy va Nodira she’rlari ilk bor ingliz tilida
20:26 / 2022-11-14

Jahon matbuoti sahifalarida

XIX asrda yashab ijod etgan mashhur o‘zbek shoiralari Uvaysiy va Nodiraning ingliz tiliga tarjima qilingan tanlangan she’rlari to‘plami taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston elchixonasi va mamlakatimiz sayyohlik brendi elchisi Sofi Ibbotson hamkorligida tashkil etildi.

To‘plam muallifi - britaniyalik shoir Endryu Staniland 2022 yil mart oyida yurtimizga kelgan. Aytishicha, sayohat uni yangi loyihalar amalga oshirish, buyuk o‘zbek shoiralari Nodira va Uvaysiyning adabiy merosi bilan tanishish, asarlarini ingliz tiliga tarjima qilishga ilhomlantirgan.

To‘plam muallifi shu munosabat bilan tashkil etilgan taqdimotda so‘zga chiqib, bu ikki mashhur shoira Alisher Navoiy asos solgan o‘zbek nazmi rivojiga beqiyos hissa qo‘shganini ta’kidladi. U o‘zbek mumtoz she’riyatining betakrorligini, nafosatini alohida ta’kidladi.

Endryu Staniland 2021 yil Navoiy va Cho‘lpon asarlarini ingliz tiliga o‘girgach, britaniyalik o‘quvchilarni Nodira va Uvaysiy she’riyati bilan tanishtirishga qaror qilgan. Muallif durdona she’riy asarlarni tarjima qilishda o‘zbekistonlik olim, mumtoz adabiyotimiz bo‘yicha tajribali mutaxassis Aydaxon Bumatova va afg‘onistonlik tarjimon, o‘zbek adabiyoti mutaxassisi Nazila Elmi bilan birga ishlaganini ma’lum qildi.

O‘zA