Youtube ijtimoiy tarmog‘ini portlatgan dunyodagi eng dovyurak, qo‘rqmas hayvonni bilasizmi?
Janubiy Afrika milliy bog‘ida 6 ta sherning to‘dasiga kirib borib, ular bilan jang qilib, keyinchalik xotirjam yo‘lini davom etgan bu jonzot hind asalxo‘ri deb nomlanadi. Aynan hind asalxo‘ri Janubiy Ustyurtda, Sariqamish ko‘li atroflarida yashaydi.
Hind asalxo‘risi Ginnesning rekordlar kitobiga “dunyodagi eng qo‘rqmas sut emizuvchi” sifatida kirgan.
Janubiy Afrikada mard yigitni “asalxo‘riday dovyurak” deya ta’riflasa, ustyurtliklar yosh bola asalxo‘rini ko‘rsa, u kelajakda mard yigit bo‘lib o‘sadi deb ishongan.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/LqBHpEfQbmE" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>Uzunligi bir metrdek, 15 kiloga yaqin salmog‘i bor asalxo‘ri o‘zidan 10 karra katta hayvonlarga ham bemalol tura oladi.
Mana bu videoda asalxo‘rining 6 ta sherga hujum uyushtirgani, dunyodagi eng zaharli ilon bilan jangi, o‘zidan bir necha bor katta, hattoki yirik jonzotlarni ham yuta oladigan, uzunligi 4 metr keladigan bug‘ma ilonni ham qanday o‘ldirgani tasvirlangan. Videodagi eng hayratlanarli jihati, asalxo‘ri zahari 4ta kishini o‘ldirishga qodir shaqildoq ilonni o‘lja qiladi va o‘ziga ham zahar o‘tkazib olib, bir zamon o‘lib qolib, keyin qayta tirilib o‘ljasining qolgan qismini yeyish uchun iniga sudrab olib ketadi.
Asalxo‘rining Janubiy Ustyurtda yashashi isbotlangan.
Butunjahon Yovvoyi Tabiyat Fondi (WWF), Germaniyaning DAAD tashkiloti moliyalashtiruvi bilan O‘zbekiston O‘rmon xo‘jaligi Bosh Boshqarmasi hamda Mixayel Zukkov Fondi (Germaniya) sherikligida 2012-2014 yillarda qoraqalpoq Ustyurti va shimol Sariqamish havzasi hududida o‘tkazilgan ekspeditsiyada aynan Sariqamish ko‘li atrofida hind asalxo‘rining yashashi aniqlandi. Ekspeditsiya a’zolari ularni suratga olishga ham muvaffaq bo‘lgandi.
Ye.Qanoatov, O‘zA