Termiz shahridagi “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyida “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyati a’zolari, faol jamoatchilik vakillari, ziyolilar, yoshlar hamda harbiy soha xodimlari ishtirokida ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamiga yetkazish, shuningdek, mamlakatimiz harbiy xavfsizligi va mudofaa salohiyatini yanada mustahkamlashga qaratilgan ustuvor vazifalar xususida atroflicha fikr almashildi.
Uchrashuv davomida Yangi O‘zbekistonda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ularning kundalik hayotimizda namoyon bo‘layotgan ijobiy natijalari alohida e’tirof etildi. Bugungi murakkab geosiyosiy jarayonlar sharoitida eng bebaho ne’mat – tinchlikni asrash, tashqi tahdidlar va mafkuraviy xurujlar davrida ma’nan ogoh va hushyor bo‘lish, ma’rifatni mustahkam tutish har qachongidan ham muhim ekani ta’kidlandi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/XTbwmmek77E" title="Ustuvor vazifalar muhokama etildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat, video), O‘zA