Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ustuvor maqsad – inson qadri va farovonligini oshirish
15:04 / 2025-10-03

Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasidagi nutqini diqqat bilan kuzatdim. Nutqda nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyo davlatlari hamda dunyo miqyosidagi muhim masalalar, ularni hal etish yo‘llari va aniq takliflar bildirildi.

Davlatimiz rahbarining chiqishi, avvalo, insonni ulug‘lash, inson qadri va farovonligini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Iqtisodiy hamkorlik orqali mamlakatlarni rivojlantirish, mintaqaviy va global barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha O‘zbekistonning pozitsiyasi tiniq ifoda etildi.

BMT minbaridan yangragan tashabbuslar nafaqat yurtimiz, balki butun insoniyat manfaatlariga xizmat qiladi. Ular xalqaro hamjamiyat tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanayotgani har bir hamyurtimiz uchun g‘urur uyg‘otadi.
O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar natijasida kambag‘allik darajasi 35 foizdan 6,6 foizgacha qisqardi. Ta’lim va ilm-fan sohasini rivojlantirish, innovasion tarmoqlar va texnologik sanoat korxonalarini barpo etish, “yashil” energetika va transport infratuzilmasini yangilash, kichik biznesni rivojlantirish orqali millionlab ish o‘rinlari yaratilmoqda.

Farzandlarimizni ta’lim bilan qamrovi 27 foizdan 78 foizga, oliy ta’lim bilan qamrovi esa 9 foizdan 42 foizga yetdi. Eng asosiysi, o‘qituvchi va ustoz kasbining nufuzini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Sog‘liqni saqlash tizimi rivojlanmoqda, gender siyosati mustahkamlanmoqda, ijtimoiy-siyosiy hayot va tadbirkorlikda xotin-qizlarning ishtiroki ortib bormoqda.

Qishloq xo‘jaligi sohasi vakili sifatida davlatimiz rahbarining iqlim o‘zgarishi, suv resurslari taqchilligi va Orol muammosi haqidagi fikrlariga alohida e’tibor qaratdim. Xususan, Suvni tejash bo‘yicha Jahon forumini o‘tkazish, suv inqirozini barqaror taraqqiyotga tahdid sifatida baholash va innovasion texnologiyalar uchun “yo‘l xaritasi” qabul qilish takliflari dolzarb ahamiyatga ega.

Ekologik muammolar, iqlim migrasiyasi, demografik barqarorlikka erishish kabi masalalar bo‘yicha keng xalqaro hamkorlik zarurligi ta’kidlandi. Shu bois Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun BMT doirasida yangi loyiha va dasturlar ilgari surildi.

Bu tashabbuslar O‘zbekistonning dunyoga ochiqligini, global hamkorlikka tayyorligini va rivojlanish yo‘lida qat’iyatli ekanini yana bir bor namoyon etdi.

Zafar Mustafaqulov,
O‘zbekiston fermerlari kengashi raisi o‘rinbosari