English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ustozni yod etib
14:39 / 2024-05-08

Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi hamda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Ab-u Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti hamkorligida kitobat san’ati bilimdoni, naqqosh, restavrator usta Marufjon Salimovning xotirasiga bag‘ishlab “Ustozni yod aylab” deb nomlangan ko‘rgazma hamda xotira kechasi tashkil etildi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi o‘rinbosari Farhod Toshmuhamedov, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Ab-u Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti ilmiy kotibi Ne’matilla Jabborov mamlakatimizda muzeyshunoslik, milliy hunarmandchilikni ravnaq toptirish borasidagi ezgu ishlar xususida batafsil so‘zladi.  

Ko‘rgazmada restavrator ijodiga mansub muqovalar, yon daftarchalar, xattotlik va abr-u namunalari, ish jarayonlari aks etgan fotolar, mualliflik huquqi ostida nashr etilgan metodologik qo‘llanmalar va  restavratorning ustaxonalarini ifodalovchi buyumlarga keng o‘rin berilgan. Bularning barchasi tomashabinlarga muzeydagi eksponatlarni ta’mirlash, restavratsiya qilishdek yumushlarning nechog‘li murakkab va mas’uliyatli ekanini yana bir karra anglatadi.    

 

N.Usmonova,  

O‘zA