Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ustozlari qadr topgan ona yurtim
17:13 / 2022-09-30

Jizzax viloyati G‘allaorol tumani Lalmikor shaharchasida 1-sonli kasb-hunar hamda hududdagi 6 ta umumta’lim maktabi hamkorligida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Ushbu ta’lim muassasalarida ko‘p yillar mehnat qilib, bugungi kunda nafaqa gashtini surayotgan, o‘quv dargohlarining eng faol o‘qituvchi-pedagoglari taklif etilgan tadbir – “Ustozlari qadr topgan ona yurtim!” shiori ostida bo‘lib o‘tdi.

Tarbiyaviy ahamiyat kasb etgan tadbirda faxriy muallimlar, ayni paytda o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berayotgan yosh o‘qituvchi va murabbiylar o‘z tajribalari, yoshlarga yetuk bilim va tarbiya berishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi yuzasidan fikrlashdi.

Faxriy ustozlarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Konsert dasturi namoyish etildi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA