Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ustozlarga hurmat va ehtirom ko‘rsatildi
12:40 / 2025-10-01

FOTOREPORTAJ

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismda 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

[gallery-25556]

Marosimga harbiy xizmatchilarning ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan turmush o‘rtoqlari, faxriylar, shuningdek, mahalliy o‘qituvchi va murabbiylar taklif etildi. Tadbirda so‘z olganlar ustozlarni bayram bilan qutlab, mamlakatimiz ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida alohida to‘xtaldi. 

Bir guruh faxriylar, ularning oila a’zolari hamda ustozlar qo‘mondonlik tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

Tadbir so‘nggida harbiy orkestr tomonidan Vatanni madh etuvchi qo‘shiqlar ijro etilib, ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashildi. 

Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA