Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ustozlarga ehtirom” to‘plamining taqdimoti o‘tkazildi
19:32 / 2025-10-02

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Yozuvchilar uyushmasi tomonidan “Adabiyot” nashriyotida chop etilgan “Ustozlarga ehtirom” kitobi hamda atoqli adiblar nomi bilan yuritiladigan ijod maktablari ijodkor o‘quvchilarning “Mening birinchi kitobim” loyihasida chop etilgan 18 nomdagi kitoblari taqdimoti o‘tkazildi.

Taqdimotni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid kirish so‘zi bilan ochib berdi. 

–Mamlakatimizda Prezidentimiz tomonidan ta’lim-tarbiya sohasiga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor ustozlarga bo‘lgan hurmat va ehtiromda ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda, – dedi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid. – Ijtimoiy sohaga ko‘rsatilayotgan bunday yuksak e’tibor xalqaro miqyosda ham ibrat sifatida e’tirof etilayotgani diqqatga sazovor. Zero, yosh avlod qalbida milliy adabiyotimizga bo‘lgan mehr va qiziqishni uyg‘otishda ustoz va murabbiylarning xizmatlari beqiyosdir. 

[gallery-25574]

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari Farida Afro‘z, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja, “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agengligi direktori o‘rinbosari Hasan Shokirov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Sharifa Salimova so‘zga chiqib, kitoblarning ahamiyati haqida so‘zladi.

Darhaqiqat, ustoz va murabbiylar inson kamolotiga va hayot yo‘liga poydevor qo‘yguvchi insonlar. Biz doim qalbimizda ularga nisbatan chuqur hurmat-ehtirom hissini tuyib yashaymiz. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2024 yil 30 sentyabr kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan muloqot shaklidagi videoselektor yig‘ilishining tegishli bayonida tashabbuskor va fidoyi o‘qituvchilar faoliyatini yoritishga qaratilgan "Ustozga ehtirom" nomli to‘plam yaratilib, O‘qituvchi va murabbiylar kuni – umumxalq bayrami arafasida ushbu kitobni nashr etish topshirig‘i belgilangan edi. 

Shu munosabat bilan bu yil O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan taniqli shoir va adiblarning ustozlarga bag‘ishlab yozgan she’rlari, maqola va esselari to‘plandi va kitob holiga keltirildi.

“Ustozlarga ehtirom” to‘plami to‘plovchilari – Shodi Otamurod, Shohsanam Nishonova.

“Mening birinchi kitobim” loyihasida chop etilgan kitoblar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 1 apreldagi “Ijod maktablari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi munosabati bilan chop etildi.

2024 yilning o‘zida Respublika yosh ijodkorlarining Zomin seminarida atoqli adiblar nomidagi ijod maktablaridan 45 nafar o‘quvchi ishtirok etdi va 18 nafar ijodkor o‘quvchining kitobi ushbu loyihada chop etildi. 2025 yilda ham Zomin seminarida 45 nafar ijodkor o‘quvchi ishtirok etib, jami 18 nafar o‘quvchining ilk ijodi nashrga tayyorlandi va chop etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining yangi a’zolariga guvohnomalar topshirildi. Ustoz va murabbiylarni sharaflovchi she’rlardan namunalar o‘qildi. 

Nazokat Usmonova, Oybek Pardayev (surat), O‘zA muxbirlari