English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ustozlarga ehtirom ko‘rsatildi
11:15 / 2023-09-30

FOTOREPORTAJ

Termiz shahridagi “Best” tantanalar saroyida 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda shahardagi ta’lim muassasalari mutasaddilari, ilg‘or o‘qituvchilar, tizimda samarali mehnat qilayotgan hamda faxriy ustoz-murabbiylar ishtirok etdi.

Tantanali marosimda shahar hokimi O‘ktam To‘rayev o‘qituvchi-murabbiylarni bayram bilan tabrikladi. Ularga kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tiladi. 

[gallery-13816]

Ta’kidlanganidek, 2022-2026 yillarda xalq ta’limi tizimini rivojlantirish bo‘yicha milliy dastur asosida viloyatda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilda davlat byudjeti hisobidan shaharda barcha zamonaviy sharoitlarga ega yangi maktab bunyod etildi, mavjudlarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi. Xususan, ta’lim maskanlari qo‘shimcha o‘quv jihozlari to‘plami, zamonaviy kompyuterlar bilan ta’minlandi.

Marosimda bir guruh fidoyi ustoz va murabbiylarga shahar hokimining faxriy yorliq va sovg‘alari topshirildi. 

Ustozlar uchun bayram konsert dasturi tashkil etilib, elimiz suygan san’atkorlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar, sahnalashtirilgan chiqishlar namoyish etildi. 

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA