French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ustozlarga ehtirom ko‘rsatildi
07:44 / 2023-09-30

Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri tashkil etildi.

Madaniyat vaziri,  mazkur oliy o‘quv yurti rektori Ozodbek Nazarbekov mamlakatimizda o‘qituvchilik   azaldan ulug‘lanib, millat tarbiyachilari sifatida e’tirof etilib kelinganini ta’kidladi.

Tadbirda  o‘qituvchi-murabbiylarni kasb bayramlari bilan qutlab, ularga ehtirom ko‘rsatildi.  

Shu bilan birga, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan olib borilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning institut bosqichi doirasida “Rektor kubogi” uchun sportning 5 ta – futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi va shaxmat turi bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazildi.  

Sportsevar yoshlar bellashuvida g‘olib bo‘lgan talabalar taqdirlandi.  

O‘zA