Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ustozlar «Yashil makon» loyihasiga faol qo‘shilmoqda
09:08 / 2025-11-24

FOTOREPORTAJ

Yurtimizda «Yashil makon» umummilliy loyihasining kuzgi mavsumi boshlanishi bilan barcha hududlarda mevali va manzarali ko‘chatlar ekish ishlari jadal davom etmoqda.

Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani hokimligi hamda maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tashabbusi bilan ustozlar ishtirokida bog‘ida ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazilib, «Yashil yo‘lak» tashkil etildi.

Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jaligi, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Dilmurod Bekmirzayev hamda viloyat MMTB rahbari Sherzod Dolimov o‘z nutqida «Yashil makon» umummilliy harakat ekanini ta’kidlab, barchani tabiatni asrash va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol qatnashishga chaqirdi.

Tuman hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, kuzgi mavsumda hududda 555 ming tup mevali va manzarali daraxt hamda gul ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan. Ekilgan har bir ko‘chatning ko‘karishi tegishli tashkilotlar tomonidan nazoratga olinadi.

[gallery-26396]

Tadbir doirasida ustozlar tomonidan 1 200 tup manzarali ko‘chat ekilib, jo‘yak olinib sug‘orildi. Ustozlar ekilgan bu ko‘chatlar kelgusida hududda soya-salqin va xushmanzara «Yashil yo‘lak»ka aylanishiga ishonch bildirdi.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA