Andijon viloyati Xonobod shahrida “Sport – birdamlik va salomatlik garovi!” shiori ostida umumta’lim maktablari o‘qituvchilar jamoalari o‘rtasida sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi munosabati bilan Xonobod shahar “Vatanparvar” tashkiloti hamda sport maktabi hamkorligida tashkil etilgan musobaqalarda shahardagi umumta’lim muassasalari o‘qituvchilar jamoalari arqon tortish, uzoqqa sakrash, to‘p bilan tez harakatlanish bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi.
Bayramona ko‘tarinkilik, qiziqarli bahslar asosida o‘tgan sport musobaqalari pedagoglarning jismonan sog‘lom bo‘lishi, ular o‘rtasida jamoa bo‘lib harakatlanish, birdamlikni va sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qildi.
[gallery-27120]
Yakunda g‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.
F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (foto),
O‘zA muxbirlari