Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ustozlar poytaxtda to‘plandilar
13:41 / 2025-09-15

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 9 sentyabr kuni maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi islohotlar ijrosi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishida sohadagi dolzarb vazifalar xususida atroflicha so‘z yuritildi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 1oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan poytaxtimizdagi qator davlat va jamoat tashkilotlari, madaniyat va ta’lim maskanlarida bayram tadbirlari tashkil etilmoqda.  

Mazkur tadbirlar bir necha kunni o‘ziga qamrab olgani, pedagoglar uchun o‘zaro fikr va tajriba almashish, muloqot maydoniga aylangani bilan ahamiyatga molik.  

Tadbirda maktabgacha, maktab ta’limi muassasalari xodimlari, “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni hamda boshqa yuksak davlat mukofotlariga ega pedagoglar, uzoq yillar tizimda faoliyat yuritgan ustozlar, ta’lim fidoyilari va mas’ullari ishtirok etmoqda.

Ustozlarning o‘ziga xos muloqot maydoniga aylangan mazkur loyihaning dastlabki kunida respublikamizning turli hududlaridan 250 nafarga yaqin eng fidoyi ustozlar Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga sayohat qildilar. Muzey eskpozitsiyasi o‘qituvchi va murabbiylarda katta taassurot qoldirdi.  

Ustozlar kuniga bag‘ishlangan tadbirlar poytaxtimizdagi “Adiblar xiyoboni”da ham davom etdi. O‘qituvchilar ulug‘ shoir va alloma bobomiz Alisher Navoiy haykali poyiga gullar qo‘ydilar.  

Shoir va yozuvchilar bilan o‘tkazilgan muloqot davomida mamlakatimizda milliy adabiyotimiz ravnaqi yo‘lidagi ezgu sa’y-harakatlar xususida batafsil ma’lumot berildi.  

Tadbir doirasida muzeylar, ma’rifat maskanlari, teatrlarga tashrif ko‘zda tutilgan.  

N.Usmonova,  

O‘zA