Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ustozlar mehnati munosib qadrlandi
13:14 / 2025-10-01

Andijon davlat universitetida “Hayot ko‘zgusisiz, aziz muallim!” shiori ostida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi sadolari ostida boshlandi. Shundan so‘ng, universitet rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev so‘z olib, ustoz va murabbiylarni muborakbod etdi, universitet ilmiy salohiyatini yuksaltirish, reytingini oshirishga munosib hissa qo‘shayotgan hamda uzoq yillar davomida samarali  faoliyat yuritib kelayotgan ustoz va murabbiylarning mehnatlarini e’tirof etib, ularga minnatdorchilik bildirdi.  

[gallery-25560]

Tadbirda ustozlarning ibratli hayot yo‘li, pedagogik mahorati hamda bugungi avlod tarbiyasidagi beqiyos o‘rni haqida samimiy so‘zlar aytildi.  

Bir guruh ustoz va murabbiylar viloyat hokimligi, universitet rektorining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.  

Taniqli so‘z ustalarining chiqishlari, san’atkorlar, ijodkor talabalar tomonidan ijro etilgan raqs, kuy va qo‘shiqlar, qiziqarli sahna ko‘rinishlari barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

F. Ubaydullayev,

Z. Umrzoqov (surat),

O‘zA