French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ustozlar kasbiy qayta tayyorlash loyihasida qatnashmoqda
15:50 / 2025-07-11

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan "Yangi O‘zbekiston" universiteti, Koreya ta’lim markazi bilan hamkorlikda umumta’lim maktablari ustozlarini navbatdagi kasbiy qayta tayyorlash loyihasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda vazirlik va hamkor tashkilotlar mas’ullari, ustozlar ishtirok etdilar.  

Mamlakatimizda ta’lim sohasidagi tub islohotlar xalqaro hamkorlikni kengaytirish, xorijdagi eng ilg‘or tajribalarni yurtimiz ta’lim tizimiga joriy etish imkonini bermoqda.  

Tadbirda tashkilotchilar va mazkur loyiha ishtirokchisi bo‘lgan ustozlar tomonidan pedagoglar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, xususan qayta tayyorlash kurslarining ahamiyati haqida so‘z yuritildi.  

Koreya maktab ta’limining o‘ta talabchanligi va raqobatbardoshligi, bolalarni oliy ta’lim dargohlariga, nufuzli universitetlarga maqsadli tayyorlashga alohida ahamiyat qaratishi, oliy ta’lim bilan uzviy integratsiyalashgani diqqatga sazovor.  

Mazkur qayta tayyorlov kurslari offlayn va onlayn shaklda tashkil etilmoqda va 2026 yil yanvar oyiga qadar davom etadi.  

Ushbu loyihada eng yaxshi natija qayd etgan ustozlar Koreyada amaliyot o‘tash uchun yuborilishi ko‘zda tutilgan.

N.Usmonova,  

O‘zA muxbiri